O’z – o’zini anglashning psixologik xususiyatatlari
Toshkent islom universiteti bitiruvchilariIjtimoiy psixologiya fanida o’z – o’zini anglash, ahloqiy o’z – o’zini anglash ijtimoiy ruhiy hodisa, jarayon sifatida alohida ilmiy nuqtai nazardan to’liq o’rganilmaganligi tufayli uni tahlil qilish ahloq, milliy xarakter, milliy ma’naviyat va qadriyat kategoriyalari bilan bevosita bog’liq ravishda amalga oshirilmoqda. Ushbu kategoriyalarni o’ziga xos tarzda yoritish psixologiya fanining asosiy tushunchasi hisoblanmish shaxsn yaqqol anglash, uning guruh (jamoa)dagi roli, shaxslararo munosabatdagi ahamiyatini o’rganish imkoniyatini yaratadi.
XX va XXI asr psixologiya fanida ushbu masalaning ijtimoiy – psixologik tabiatini tushuntirishda ikki xil qarash va yondashuv vujudga kelgan bo’lib, ular o’zaro bir – biridan keskin darajada tavofutlanib t uradi. Birinchi yondashuv talqinicha o’z – o’zini anglash – bu o’z yo’nalishini o’zgartirgan ongning aynan o’zidir.